Grozniyda yangi masjid qurilishi uchun kapsula yotqizildi. Unga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov nomi beriladi. Bu haqda Grozniy davlat teleradioeshittirish kompaniyasi ma`lumotlariga tayanib Meduza xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Ramzan Qodirovning "qat`iy qarshi”ligiga qaramay, keng jamoatchilik, din vakillari va Prezident tarafdorlari shu qarorga kelga.
"Bizda demokratik jamiyat bor, respublika aholisining irodasi va xohishi bizning ustuvor vazifamizdir" – deydi 11 yanvar kuni Checheniston Matbuot vaziri Ahmed Dudaev RIA Novosti bilan bo`lgan suhbatda.
Masjid ikki ming kishiga mo`ljallangan. Qurilish qachon tugashi haqida ma`lumot berilmagan. Ramzan Qodirovning vafot etgan otasi Axmat Qodirov nomidagi eng katta "Checheniston yuragi" masjidlaridan biri qurilishi ikki yarim yil davom etgan edi.
Ma`lumot o`rnida, Chechinistonda 1200 dan ortiq masjid bor. 2020 yilda mamlakatda 32 ta masjid barpo etildi va 70 ga yaqin masjid qurilishi davom etmoqda.