AsosiyDunyo

Tramp Vashingtonda favqulodda holat e`lon qildi

'Tramp Vashingtonda favqulodda holat e`lon qildi'ning rasmi

AQSh rahbari Donald Tramp 20 yanvar kuni yangi saylangan Jozef Baydenning inaugurasiyasi oldidan xavfsizlik choralari bilan bog`liq holda favqulodda holat e`lon qildi va Vashington hukumatiga federal yordam yubordi. Bu haqda Oq uy tarqatgan hujjatda aytilgan, deya yozmoqda TASS.

"Prezident Donald Tramp Kolumbiya okrugida favqulodda holat e`lon qildi va prezidentning inaugurasiya favqulodda holatiga federal yordamni buyurdi", - ta`kidlagan Oq uyda. Poytaxt meri Myuriel Bouzer Kongressdagi tartibsizliklar ortidan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tahdidlar munosabati bilan hafta oxirida Vashington ma`muriyati rahbariga iltimos bilan murojaat qildi.

Ushbu qaror federal hokimiyatga shaharga tezkor ravishda yordam berish uchun mablag` ajratishga imkon beradi. Shu bilan birga, 44-prezident Barak Obama Tramp inaugurasiyasidan oldin shunga o`xshash e`lon qilmagan. Odatda davlatlar rahbarlari tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun ushbu turdagi favqulodda vaziyatni joriy qilishadi.

Ma`lumot uchun: Bayden va yangi saylangan vise-prezident Kamala Xarrisning inaugurasiyasi 20 yanvar kuni kunduzi Kapitoliy zinapoyasida bo`lib o`tadi. Avvalroq, yangi koronavirus sabab bo`lgan pandemiya bilan bog`liq holda, marosim eng qisqa formatda o`tkazilishi to`g`risida qaror qabul qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar