1

"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" davom etadi

Madaniyat 12.01.2021, 11:40
"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" davom etadi

Kuni kecha Yoshlar ijod saroyida "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi"ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Haftalikning ikkinchi kuni ham  o`ziga xos o`tishi kutilmoqda. Kun davomida "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" DUK tomonidan kasting bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, haftalik davomida taniqli rejissyorlar Ali Xamroev, Farxod Mahmudov va Ayub Shahobiddinovlar tomonidan  mahorat dasrlari, Multiplikasion studiya animatorlari tomonidan “O`zbekiston – bizning diyorimiz” mavzusida bolalar ijodiy tanlovi, xorijiy kinofondlardan qaytarilgan multfilmlarning maxsus namoyishi, “Yangi O`zbekiston va Milliy kinematografiya: 2021 yil ishga tushiriladigan kinoloyihalar, 2022 yilning yangi g`oyalari”, "Zumrasha” kinojurnalining istiqbolli rejalari, "Ekranda ayol taqdiri" mavzularida davra suhbatlari o`tkazilishi belgilangan.  

Dastur doirasida joriy kun Tatariston va O`zbekiston kinoijodkorlari hamkorligida Zifa Qodirovaning «Sumbul» asari asosida suratga olingan ko-produksiya «Sumbul» badiiy filmi ilk marotaba katta ekranda namoyish etiladi.

Haftalikning ilk kuni taqdimotlar, yosh kinoijodkorlar uchun kasting va mahorat darslari, kinokonsert tashkil etildi, taniqli aktyor va aktrisalar, xonandalar tashrif buyurishdi. Kun so`ngida esa "Men terrorchi emasman" filmining katta namoyishi o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1