AsosiyDunyo

JSST nechta davlatda COVIDga qarshi emlash boshlaganini ma`lum qildi

'JSST nechta davlatda COVIDga qarshi emlash boshlaganini ma`lum qildi'ning rasmi

Dunyoning 40 dan ortiq mamlakati beshta turli vaksinalar yordamida aholini koronavirusga qarshi emlash bo`yicha kampaniyalarni boshladi. Bunday ma`lumotlar 11 yanvar, dushanba kuni bo`lib o`tgan brifingda Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbarining yordamchisi Bryus Eylvard tomonidan e`lon qilindi, deya yozmoqda korrespondent.

Eylvardning ta`kidlashicha, JSST emlash jarayonini, ayniqsa kam ta`minlangan mamlakatlarda tezlashtirish ustida ishlamoqda. Fevral oyida JSST vaksinani maksimal miqdordagi mamlakatlarga etkazib berishga harakat qiladi. Ammo shu bilan birga, uning ta`kidlashicha, har xil davlatlar emlashga har xil darajada tayyor. 

    Boshqa yangiliklar