AsosiyMadaniyat

“Zumrasha” kinojurnalining kelajakdagi faoliyati muhokama qilindi

'“Zumrasha” kinojurnalining kelajakdagi faoliyati muhokama qilindi'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmatining  xabariga ko`ra, kino haftaligining ikkinchi kuni  “Zumrasha” kinojurnalining kelajakdagi faoliyati muhokamasi bilan boshlandi. Kinojurnal bir necha yillardan buyon bolalar uchun turkum filmlar taqdim etib keladi.  

Davra suhbatida ham “Zumrasha” kinojurnalining ertangi faoliyatiga nazar tashlanib, qilinishi kerak bo`lgan ishlar belgilab olindi. Unda O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa`diev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Abdurahim Ismoilov, Sharif Qosimboev, Erkin Bozorovlar bilan birga yosh  ijodkorlar,  iqtidorli ssenariynavis va rejissyorlar ishtirok etishdi. Yig`ilganlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, kinojurnal faoliyati bilan bog`liq masalalar bo`yicha fikr almashildi.

 

    Boshqa yangiliklar