1

Milliy kino san`ati oyligi doirasida Samarqadda uchrashuv bo`lib o`tdi

Madaniyat 12.01.2021, 16:16
Milliy kino san`ati oyligi doirasida Samarqadda uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 11 yanvar kuni Milliy kino san`ati oyligi doirasida Samarqandda kinoijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.  

Kino oylik doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, "Do`stlik" ordeni sohibi, kinorejissyor Jahongir Qosimov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Karim Mirxodiev va Respublika kinoarboblari uyushmasi raisi o`rinbosari, dramaturg Jo`rabek Ro`zmetov, harbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.  

Shuningdek, haftalik doirasida kinoijodkorlar Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari Xurshid Ochilov bilan uchrashishdi. Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida hokimlik vakillari va kinoijodkorlar bilan bir qator takliflar muhokama qilinib, doimiy hamkorlikka kelishildi. Uchrashuv so`ngida viloyat hokimligiga "O`zbekiston kino san`ati" nomli kitob-albom taqdim etildi.

Kinoijodkorlar bilan uchrashuv so`ngida "O`zbekkino" MA buyurtmasiga binoan rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmi namoyish etildi.

Eslatib o`tamiz, "O`zbekkino" Milliy agentligi tashabbusi bilan 11-16 yanvar kunlari "Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya” oyligi doirasida  "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi"  o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1