1

“Sumbul” filmi ilk bor katta ekranda namoyish etildi

Madaniyat 13.01.2021, 08:19
“Sumbul” filmi ilk bor katta ekranda namoyish etildi

“O`zbek milliy kino san`ati haftaligi” doirasida “O`zbekkino” MA va “Tatarkino” bilan hamkorlikda “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olingan “Sumbul” filmining katta premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Premera avvalida Yoshlar ijod saroyining katta zalida tatar millati vakillari musiqali chiqishlarini taqdim etishdi. Shundan so`ng, “Sumbul” filmi ijodkorlari sahnaga taklif etilib, film haqidagi taassurotlari to`g`risida gapirishdi.

Mazkur film drama janrida bo`lib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolg`on muhabbatga aldanishi, qalb iztiroblari va keyinchalik, o`z baxtini topishi yo`lidagi voqealar tasvirlangan.  

Film ssenariy mualliflari Rashid Malikov, Iffat Kamaliev, rejissyorlar Ramil Fazliev, Rashid Malikov. Aktyorlar Sabina Asanova, Eldar Haydarov, Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1