1

"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi". Uchinchi kun

Madaniyat 13.01.2021, 10:52
"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi". Uchinchi kun

11 yanvardan buyon “O`zbekkino” MA tomonidan Yoshlar ijod saroyida "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" o`tkazilmoqda. 

Katta premeralar, eksklyuziv shoular va mahorat darslarini o`zida qamrab olgan kinohaftalikning uchinchi kuni ham o`ziga xos bo`lishi kutilmoqda.  

Kun davomida taniqli kinorejissyor va ssenarist Ali Xamroevning “O`zbekistonda zamonaviy fotografiya va tezkor suratga olish”, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist, mahoratli aktyor Farhod Mahmudovdan “Kino mening hayotim”, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, mahoratli kinorejissyor Ayub Shahobiddinovning “Kinoda  zamonaviylik va professionallik sirlari” mavzusida yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi qismida kasting hamda “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUKning “2021 yil rejalari to`g`risida yo`l xaritasini ishlab chiqish” mavzusida  davra suhbatlari tashkil etiladi.  

Joriy kun yana Olmazor tumanida joylashgan “Riviera” kinoteatrining ochilish marosimi ham o`tkazilishi belgilangan. Ochilish marosimidan keyin yangi kinoteatrda mahoratli rejissyor Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i” badiiy filmi namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1