AsosiyDunyo

Putin Rossiyada ommaviy emlashni boshlashga qaror berdi

'Putin Rossiyada ommaviy emlashni boshlashga qaror berdi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin  emlash jadvalini tayyorlash bo`yicha ko`rsatma berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiya 18 yanvardan boshlab aholini ommaviy emlashga o`tishga tayyor.

Prezident kelasi haftadan boshlab barcha ruslarga ommaviy emlashni boshlash to`g`risida ko`rsatma berdi. Bu haqda u "Rossiya 24" kanali efirga uzatgan hukumat bilan uchrashuvda aytib o`tdi.

Shuningdek, Putin uchrashuvda hukumat a`zolariga tegishli infratuzilma va ish jadvalini tayyorlashni buyurdi. 

«Yaxshiki, bizning vaksinamiz etkazish paytida minus 50dan, minus 70 darajagacha saqlashni talab qilmaydi. Bu esa bizning foydamizga ishlaydi », - dedi u.

    Boshqa yangiliklar