“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub tomonidan qo`yilgan taqiqni buzdi. U do`sti — kikbokschi Badr Xarini ko`rish uchun yana bir bor Marokashga safar qildi, deya xabar berdi lenta.ru.
Xabarda keltirilishicha, u oxirgi tur o`yinida kiritgan xet-trikini do`sti bilan birga nishonlamoqchi bo`lgan.
Yaqinda esa jamoa prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan uning Marokashga qiladigan safarlari jismoniy holatiga salbiy ta`sir o`tkazishidan xavotir va noroziliklar bildirigan holda unga Marokashga borishni taqiqlangan.
Xullas Ronaldu bu taqiqlarga rioya qilgani yo`q.





