Endilikda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a`zo davlatlar fuqarosi hisoblangan mehnat migranti u ishlagan va soliq to`lagan Ittifoq hududida pensiya olishi mumkin bo`ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi ma`lum qildi.
2021 yilda EOIIga a`zo mamlakatlar ishchilarini pensiya bilan ta`minlash to`g`risidagi bitim kuchga kirdi. Agar qirg`izistonlik migrant, Ittifoqning biron bir davlatida qonuniy ishlasa va sug`urta badallarini to`lasa, pensiya yoshiga etganida u Qirg`izistondagi kabi shartlarda pensiyaga chiqishi mumkin.
Ma`lumot uchun, EOIIga Rossiya, Belarus, Qozog`iston, Armaniston va Qirg`iziston kiradi. Moldova, O`zbekiston va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.






