1

Kino haftalikning beshinchi kuni...

Madaniyat 15.01.2021, 11:00
Kino haftalikning beshinchi kuni...

Yurtimiz bo`ylab "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" davom etmoqda. Shov-shuvga boy kinohaftalikning beshinchi kuni ham mazmunli bo`lishi kutilmoqda.  Kunning birinchi qismi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan kasting va fotosessiyalarga bag`ishlanadi. Shuningdek, yurtimiz bo`ylab “Yangi O`zbekiston va Milliy kinematografiya” Respublika kino haftaligi majmuaviy tadbirlari davom etadi.  

Kunning ikkinchi qismida esa “DEBYuT” Yosh kinematograflar festivali o`tkaziladi. Unda yosh kinoijodkorlar uchun "qizil yo`lakcha" tashkil etilishi belgilangan. Bundan tashqari, “Mening dunyom” mavzusida 9 ta, “Men seni sevaman, O`zbekiston” mavzusida ham 9 ta qisqa metrajli filmlar namoyishi, kun davomida festival g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi.

Marosim davomida o`zbek shou-biznesining taniqli vakillari ishtirokida shou-konsert tashkil etiladi. Kechki dasturda esa “Debyut” festivalining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1