Jons Xopkins universitetining hozirgi (15.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 93 million 087 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 993 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda Jons Xopkins universitetining ma`lumotlariga ko`ra 23,307 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,512 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,324 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,459 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,269 milliondan ortiq).






