Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni yana 26 taga ko`paydi, deb xabar bergan tarjuman.uz “Frans-Press” agentligi bergan ma`lumotga tayanib.
6,2 ball magnitudali zilzila markazi g`arbiy Sulavesi viloyatining Mamuju shahri yaqinida ekani aniqlangan. Avvalroq hodisa tufayli 7 kishi qurbon bo`lgani va 600 kishi jarohat olgani aytilgandi.
Er qimirlashi oqibatida ko`plab binolar qulagan. Qutqaruvchilar odamlarni vayronalar ostidan olib chiqish uchun og`ir texnika vositalaridan foydalanmoqda.
“Zilzila mahalliy shifoxonani ham vayron qildi. Shifokorlar va bemorlar yiqilgan devorlar tagida qolib ketgan”, deyiladi xabarda.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo`yicha mahalliy boshqarma rahbarining aytishicha, Mamuju shahrining o`zida 26 kishi halok bo`lgan.
"Bu raqam hali o`zgarishi mumkin, chunki qutqaruv ishlari davom etyapti", – deydi mulozim.






