Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining VIII qurultoyi yakuniga bag`ishlangan harbiy parad bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda “RBK” Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA)ga tayanib.
Paradda suvosti kemalari ballistik raketalari namoyish etilgan bo`lib, agentlik uni “dunyodagi eng kuchli qurol” deb atagan. Reuters Shimoliy Koreya davlat OAV tomonidan tarqatilgan fotosuratlarga asoslanib, gap 2020 yil oktyabr oyida namoyish etilgan Pukguksong-4 raketalari modernizasiya qilingan versiyasi haqida ketmoqda.
Paradda KXDR etakchisi Kim Chen In va bir qator yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan. KMTA xabariga ko`ra, tadbirda taktik raketalar va artilleriya qurilmalarining “ultrazamonaviy” namunalari ham namoyish etildi.
Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi manbasiga ko`ra, parad 14 yanvar, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlanib, bir necha soat davom etgan.
10 yanvar kuni Janubiy Koreya OAVlari Seul KXDRda Koreya Ishchilar partiyasi sezdiga bag`ishlangan harbiy paradni “o`tkazish alomatlarini” topgani haqida xabar bergan. Keyinchalik ular bu marosimga tayyorgarlik bo`lishi mumkin, deb taxmin qildi, chunki rasmiy Pxenyan bu voqea haqda e`lon qilmagan. Bir necha kundan keyin Kim Chen Inning singlisi va hukmron partiya Markaziy qo`mitasi a`zosi Kim Yo Chjon Seulning Pxenyanga nisbatan harakati adovatli deb tanqid qildi.