AsosiySport

Habib Nurmagomedov UFC'ga qaytyapti(mi?)

'Habib Nurmagomedov UFC'ga qaytyapti(mi?)'ning rasmi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov  UFC rahbari Deyn Uayt bilan uchrashdi.

Uchrashuv videolavhasini Uayt o`zining «Tvitter»dagi sahifasida joylashtirgan. Ammo u  uchrashuv tafsilotlari haqida ma`lumot bermagan.

Nurmagomedov o`tgan yilning dekabr oyida shu yilning yanvarida Uayt bilan uchrashish  rejalashtirilganini aytgan edi.

Habib Nurmagomedov 2020 yilning 24 oktyabr kuni AQShlik Jastin Geydji qarshi o`tkazib, g`alabaga erishgandi va sportni tark etganini ma`lum qilgan edi. Ayni paytda Nurmagomedovning hisobida 29 g`alaba bor. 

UFC rahbarining aytishicha, sportchi o`ttiz jangda g`alaba qozonishni istaydi. Bu uning otasi Abdlumannap Nurmagomedovning xohishi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar