AsosiyDunyo

O`zbekiston Qurolli Kuchlari xalqaro Global firepower reytingida 51-o`ringa ko`tarildi

'O`zbekiston Qurolli Kuchlari xalqaro Global firepower reytingida 51-o`ringa ko`tarildi'ning rasmi

O`zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy kuchlarning Global firepower reytingida o`z pozisiyalarini yaxshilab, 51-o`ringa ko`tarildi. Ma`lumot uchun O`zbekiston 2020 yil reytingida 52-o`rinni egallagan edi.

Bu sobiq Ittifoq davlatlari orasida to`rtinchi ko`rsatkich: Rossiya (2-o`rin), Ukraina (25), Belarusiya (51). Markaziy Osiyodagi qo`shnilar orasida Qozog`iston 62-o`rinda.

Reytingga ko`ra, O`zbekiston armiyasi 420 dona tank, 1215 dona zirhli mashina, 140 dona o`ziyurar artilleriya va 98 dona ko`p zarbali reaktiv tizimlariga ega. Shuningdek, 80 ta qiruvchi, 122 ta vertolyot va boshqa aviasiya (jami 227) - havo kuchlarining asosini tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar