AsosiyDunyo

Xitoyda muzqaymoq tarkibida koronavirus aniqlandi

'Xitoyda muzqaymoq tarkibida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Xitoy hukumatining ma`lum qilishicha, mamlakatning sharqidagi shaharda ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan koronavirus aniqlandi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

“Shuning uchun Tyanszin shahridagi “Daqiaodao Food Co., Ltd” kompaniyasi faoliyati to`xtatildi va uning xodimlari koronavirus testini topshirmoqda” deyiladi shahar hukumatining bayonotida. Ammo, hozirgacha hech kim muzqaymoqdan virus yuqtirgani isbotlanmagan.

Koronavirus aniqlangan muzqaymoq partiyasi 29 mingtani tashkil qilib, ularning asosiy qismi hali sotuvga chiqarilmagan. Hozirda Tyanszinda sotilgan 390 ta muzqaymoqni olganlar qidirilmoqda va boshqa hududlardagi hukumatlarga ham ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoqlarni nazorat qilish haqida xabar berilgan.

Koronavirus aniqlangan muzqaymoq tarkibida Ukrainadan olib kelingan quruq sut va Yangi Zelandiyadan import qilingan zardob bo`lgan.

Koronavirus ilk bor 2019 yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Ammo, Xitoy hukumati koronavirusning aslida xorijdan kelib chiqqanini ta`kidlab kelmoqda. Ular bundan oldin chetdan mamlakatga kirib kelgan baliq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida ham koronavirus aniqlanganini aytgandi. Biroq, xorijlik olimlar Xitoy hukumatining bu gaplariga shubha bilan qarashmoqda.

    Boshqa yangiliklar