AsosiyDunyo

Bugun Dubayni qalin tuman qopladi (Foto)

'Bugun Dubayni qalin tuman qopladi (Foto)'ning rasmi

Bugun - 17 yanvar kuni Dubay shahri osmoni qalin tuman bilan qoplandi.  Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Shahar aholisi tumanga burkangan Dubay manzaralarini Tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan.

Dubay Media Ofisi ham “bugun ertalab Dubay osmonini yopib qo`ygan» tuman suratlarini tarqatdi.

Shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Meteorologiya Markazi yakshanba kuni mamlakatning dengiz qirg`og`ida joylashgan mintaqalarida ertalab nam va tuman bo`lishi kutilayotganini xabar qilgandi.

“Tumanning yo`lni ko`rish imkoniyatini cheklashi sizning avtomobil tezligini nazorat qilish qobiliyatingizni kamaytiradi. Biz sizga o`zingiz va boshqalarning xavfsizligi uchun tezlikni pasaytirishingizni maslahat beramiz» deya aholini ogohlantirdi Dubay yo`l va transport boshqarmasi.

 

Image

 

 

Image
Image
Image
Image
Image

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar