Singapur hukumati COVID-19 tufayli mamlakatga kirish qoidalarini qat`iylashtirishga qaror qildi, deya xabar qildi respublika Sog`liqni saqlash vazirligi tayanib NTERFAX.RU.
Xabarda aytilishicha, dunyoda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo`lishi va koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan mamlakatga kelganlarning barchasi uchun chegara nazoratining qo`shimcha choralarini joriy qilinadi.
Vazirlikning ta`kidlashicha, 24 yanvar kuni soat 23:59 dan boshlab barcha kelganlar (shu jumladan Singapur fuqarolari va doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan chet elliklar) Singapurga kelgandan so`ng COVID-19 uchun PCR sinovidan o`tishlari kerak. Bundan tashqari, 31 yanvar kuni soat 23:59 dan boshlab mamlakatga kelganlar kamida 22,6 ming AQSh dollar miqdorida Singapurda COVID-19 bilan bog`liq davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini qoplash uchun sayohat sug`urtasini sotib olishlari kerak.
Singapur Sog`liqni saqlash vazirligida ta`kidlanganidek, ilgari kiritilgan qoidalar ham saqlanib qoladi.






