AsosiyJamiyat

Termizdagi voqea yuzasidan  Bosh prokurorga taqdimnoma kiritildi

'Termizdagi voqea yuzasidan  Bosh prokurorga taqdimnoma kiritildi'ning rasmi

Sudyalar oliy kengashining “Darakchi.uz”ga xabar berishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Termiz tumani sudida Effect.uz sayti xodimlari bilan sodir bo`lgan holatga huquqiy baho berish so`rovi bilan Bosh prokuror nomiga taqdimnoma kiritilgan. 

Lavhada aks etgan «Effect.uz»xodimlarining sud raisi xizmat xonasiga bostirib kirib, sud majlisida ishtirok etish va jarayonni tasvirga olishni o`ta qo`pol tarzda talab qilishi jurnalist odobiga zid hatti-harakat, sud mustaqilligi va sudya daxlsizligiga ochiqdan ochiq tajovuz va hurmatsizlik, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, kengash matbuot xizmatining alohida ta`kidlashicha, jurnalist yoki blogerlarning ochiq sud majlisida ishtirok etishiga hech qanday monelik yo`q. Biroq, prosessual qonunchilik talabiga ko`ra, sud jarayonini tasvirga olinishiga ruxsat berish (taraflarning fikrini inobatga olgan holda) sud majlisiga raislik etuvchi tomonidan hal etiladigan masala.

«Effect.uz» xodimlari o`rnatilgan tartibga rioya qilmasdan sud majlisiga ruxsatsiz va videokamerani yoqqan holda kirib, tuman sudi ish yurituvidagi firibgarlikda ayblanayotgan I.X.ga oid sud jarayonni videotasvirga tushirish haqida og`zaki iltimosnoma bilan murojaat qiladi. Uning iltimosnomasi raislik qiluvchi tomonidan (taraflar fikrini inobatga olgan holda) rad qilingach, jurnalist sudlanuvchining yaqin qarindoshlari bilan yana janjal ko`tarib, sudga namoyishkorona hurmatsizlik ko`rsatadi.

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakati, xususan sudga hurmatsizlik qilgani va raislik etuvchi sudya va IIB xodimlarining qonuniy talabiga bo`ysunmaganligi holati bo`yicha tuzilgan material yuzasidan surishtiruv olib borilayotgan bir paytda «Effect.uz»  xodimlari holat bir tomonlama talqin etilgan ikkinchi lavhasini  ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etadi. 

Bu surishtiruv ishlariga ta`sir o`tkazish, sudlar faoliyati va sudyalar daxlsizligiga navbatga hurmatsizlik hamda jurnalistni tomonitan bugungi ochiqlik siyosatini hamda o`z vakolatini suiiste`mol qilishdan boshqa narsa emas. 

Shunga ko`ra, holatga huquqiy baho berish so`rovi bilan Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan O`zbekiston Bosh prokuroriga nomiga taqdimnoma kiritildi.

Natijasi haqida qo`shimcha axborot beriladi.

Boshqa yangiliklar