AsosiyJinoyat

Toshkentda 80 kishini “uxlatib ketgan” shaxs ushlandi

'Toshkentda 80 kishini “uxlatib ketgan” shaxs ushlandi'ning rasmi

2021 yil 13 yanvar kuni Toshkent shahar Shota Rustaveli ko`chasida joylashgan “Xumo trans” aviakassa rahbari K.E. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo`luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishiga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiyaga borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1.450 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida fuqaro K.E. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1.200 AQSh dollaridan jami 94.800 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini qo`lga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 13 yanvar kuni Toshkent shahar IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro K.E.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar