Numbeo portali dunyo mamlakatlaridagi jinoyatchilik va xavfsizlik darajasi bo`yicha 2021 yilga mo`ljallangan indeksini e`lon qildi. U 100 balldan hisoblanadi: jinoyatchilikni baholash mezonlari qancha past bo`lsa, xavfsizlik ko`rsatkichi shunchalik yuqorilaydi.
2021 yilda O`zbekiston jinoyatchilik ko`rsatkichi 34,70 ball, xavfsizlik ko`rsatkichi 65,30 ballni tashkil etdi. Mazkur ko`rsatkichlar bilan respublika xavfsizlik borasida dunyoda 40-o`rinni egalladi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.
Yangilangan reytingga ko`ra, O`zbekiston davlati o`z pozisiyasini Litva va Kuvaytga boy berdi, ammo Vengriya va Germaniyadan oldinga o`tdi.
O`zbekiston jinoyatchilik darajasiga ko`ra Osiyoda 19-o`rinni (2020 yilda 12-o`rin) va jinoyatchik bo`yicha qit`adagi 43 davlat orasida 25-o`rinni egallab turgan bo`lsa, Markaziy Osiyoda eng xavfsiz mamlakatga aylandi. Qirg`iziston esa eng xavfli davlat deb topildi.
Jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo`lgan beshlikka — Venesuela (84,25), Papua-Yangi Gvineya (80,24), JAR (77,07), Afg`oniston (76,37) va Gonduras (74,78) kiritilgan.
Jinoyatchilik darajasi past bo`lgan dunyodagi eng xavfsiz mamlakat sifatida Qatar (12,29), undan keyingi o`rinlarda Tayvan (15.24), BAA (15.35), Ummon (20.26) va Man oroli (20.79) e`tirof etildi.






