Bugun, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o`tkazildi. Bu haqda Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, sessiyada Jizzax viloyati hokimi E.Saliev so`zga chiqib, Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan I.Qarshiboev boshqa lavozimga o`tganligi munosabati bilan, Zafarobod tuman hokimi lavozimiga Radjapov Nodirbek Muxtorovich nomzodini tavsiya etdi.
Ushbu taklif Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma`qullangan.






