Qozog`iston "Sputnik V" bilan emlashni 1 fevralda - muddatidan oldin boshlaydi, dedi respublika sog`liqni saqlash vaziriligiga tayanib Ria Novosti.
Avvalroq Tibbiyot va farmasevtika nazorati qo`mitasi raisi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Nurlybek Asylbekov Rossiya preparatidan foydalangan holda emlash fevral oyining oxiriga rejalashtirilganligini aytgandi.
2021 yil 19 yanvarda Qarag`anda farmasevtika kompleksi va Rossiya to`g`ridan-to`g`ri investisiya jamg`armasi o`rtasida 20 ming dozali "Sputnik V" vaksinalarining birinchi partiyasini etkazib berish to`g`risida bitim imzolash rejalashtirilgan. 1 fevralga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni boshlash rejalashtirilgan.
Vazirlik ma`lumotlariga ko`ra, yilning birinchi yarmida ikki million, ikkinchi yarmida esa uch-to`rt million kishi emlanishi kerak. Birinchi bosqichda vaksina shifokorlar, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari xodimlari, o`qituvchilar, talabalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar tomonidan qabul qilinadi.