AsosiyDunyo

Turkiyada jinsiy qullikda bo`lgan o`zbekistonlik qizlar jinoiy guruh qo`lidan qutqarildi

'Turkiyada jinsiy qullikda bo`lgan o`zbekistonlik qizlar  jinoiy guruh qo`lidan qutqarildi'ning rasmi

Turkiyaning Izmir shahrida polisiya xodimlari O`zbekistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga majburlayotgan jinoiy guruh aniqlangan.

 Bu haqda turk OAVga tayanib Sputnik O`zbekiston xabar berdi. 

Unda aytilishicha, Huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 kishini hibsga oldi. Ular izidan taxminan 4 oy davomida kuzatuv olib borilgan.

Maxsus operasiya bir vaqtning o`zida shaharning turli qismlarida amalga oshirildi. Polisiya Rossiya, Ukraina, O`zbekiston va Qirg`iziston fuqarolari saqlangan bir nechta “priton-kvartiralar”ni topdi. Jami 8 nafar ayol qutqarildi, ular kaltaklanib, psixologik bosim orqali fohishalikka majburlangan.

Jinoiy ish qo`zg`atildi. Ayollarni o`z vataniga deportasiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar