"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi kecha "Valensiya"ga qarshi o`yinda xet-trikga erishdi.
Shu tariqa, argentinalik hujumchi professional faoliyatidagi 499, 500 va 501-gollarini kiritganligi bilan yodda qoldi.
Leo kiritgan gollarini 436 tasini "Barselona", 49 tasini Argentina terma jamoasi, 14 tasini Argentina yoshlar (U20) terma jamoasi va 2 tasini Argentina olimpiya (U-23) terma jamoasi safida kiritgan.





