COVID-19ga qarshi kurash shtabi Pfizer va BioNTech vaksinalari bir oy ichida etkazib berilishi va ommaviy vaksinasiya fevral oyi oxiri va mart oyining boshiga rejalashtirilgani to`g`risida ma`lumot berdi. Bu haqda Koronavirus.info xabar bermoqda.
Hozirda O`zbekistonda Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina ustida klinik sinovlarining uchinchi bosqichi o`tkazilmoqda. Shu kungacha 3 400 dan ortiq o`zbekistonlik vaksinalandi.






