Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda.
“Toshkent suv ta`minoti” MChJ Angren shahar abonent xizmati bo`limi boshlig`i K.Sh. “N.” MChJ qarashli noturar binoning suv ta`minotidan qarzdorligi bo`lmasda, jamiyat rahbariga 4,8 mln so`m qarzdorligi mavjudligini aytib, ushbu qarzdorlikni yo`q qilib berish hamda qarzdorlik mavjud emasligi haqidagi ma`lumotnomaga imzo qo`yib berish evaziga 2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.