AsosiyDunyo

Moskvada chet ellik ishchilarning jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda — Rossiya Ichki ishlar vazirligi

'Moskvada chet ellik ishchilarning jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda — Rossiya Ichki ishlar vazirligi'ning rasmi

Moskvada xorijiy ishchi kuchiga talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya tomoni O`zbekiston va Tojikiston fuqarolarini qurilish ob`ektlariga jalb qilish bo`yicha ish boshlagan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Aleksandr Gorovoy ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, bugungi kunda Rossiya IIV Moskvadagi qurilish ob`ektlari va uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga O`zbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo`yicha poytaxt hukumatining tegishli idoralari bilan ishlamoqda.

Shu bilan birga, mehnat migrantlarining joylashuvi va COVID-19 bo`yicha cheklovlarga rioya qilinishi nazorat qilinadi.

HeadHunter kompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, qurilish sohasida o`rtacha oylik ish haqi Moskvada 64 000 rublni, boshqa hududlarda esa 58 900 rublni tashkil etadi. Mamlakatda slesar mutaxassisiga talab eng yuqori hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar