AsosiyJamiyat

Ravshan Ermatov Andijon viloyati hokimini taqdirladi

'Ravshan Ermatov Andijon viloyati hokimini taqdirladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruh Farg`ona va Andijon viloyatlarida bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga tayyorlash to`g`risida”gi PQ–2821-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O`zbekistonda 2025 yil yoshlar o`rtasida IV Osiyo o`yinlarini o`tkazishni tashkil etish to`g`risida”gi 468-son qarori ijrosining borishi bilan tanishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Safar davomida Ravshan Ermatov Andijon viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasining prezidenti Shuhrat Abduraxmonovga viloyatda futbolning ommaviyligini oshirish yo`lida amalga oshirayotgan ishlari uchun O`FAning tashakkurnomasi va estalik sovg`asini topshirdi.

Farg`ona viloyatida ham mavjud sport inshootlarining bugungi holati, jumladan Farg`ona viloyat futbol mahorat maktabi hamda Farg`ona olimpiya zaxiralari kollejida yoshlarimizga yaratib berilgan sharoitlar, mashg`ulot o`tish zallari va ularning jihozlanishidan tortib hattoki yosh sportchilar qanday ovqatlanishi, ertamiz egalariga berilayotgan taomlarning sifati ham jiddiy o`rganildi. Bu borada zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga chekka hududlardagi sport inshootlarining holati ham o`rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar