AsosiyDunyo

Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi

'Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasidagi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga Tojikiston, O`zbekiston, Qozog`iston va Turkiyadan fuqarolarni jalb qurilishning «qo`lda boshqarish rejimida» ishlaydigan mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Irek Fayzullin ma`lum qilgan.

Yangi mexanizmga ko`ra, endilikda Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari yoki viloyatlar rahbariyati ma`lum bir ob`ekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Qurilish vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat uch hafda davomida komissiya tomonidan ko`rib chiqiladi.

Chegaralar ochilgandan keyin esa Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.

Ma`lumot uchun, yaqinda Rossiya Federasiyasi prezidenti mehnat migrantlarini qurilish ob`ektlariga jalb qilishni soddalashtirish masalasini ko`rib chiqish yuzasidan hukumatga topshiriq bergan edi.

    Boshqa yangiliklar