Siydik pufagidagi ulkan tosh bilan yurgan 34 yoshli ayolning rentgenogrammasi Vetnam ijtimoiy tarmoqlarida tez tarqala boshlagan. Bu haqda Planeta Novosti xabar berdi.
Jarrohlar tanada shakllangan toshning kattaligidan hayratda qolishgan. Vetnamning shimoli-sharqidagi Txaynguen shahrida istiqomat qiluvchi Fu Bin qorin pastki qismi og`rig`idan aziyat cheka boshlagan. Og`riq chidab bo`lmas darajaga etganda ayol shifokorga ko`rinishga qaror qilgan. Mutaxassislar ayolni darhol kompyuter tomografiyasiga jo`natadi, natijada ayol tanasida 10 sm uzunlikdagi tosh borligi aniqlanadi.
Jarrohlar shoshilinch ravishda Fu Binni operasiya qilishdi va 400 g og`irlikdagi tosh xavfsiz tarzda olib tashlangan. Kasalxona xodimlari bunga o`xshash narsalarni hech qachon ko`rmagan edi, shuning uchun ular bunday noodatiy tosh bilan suratga tusha boshlaganlar.
Shifokorlarning fikriga ko`ra, insonlar asosan qum donasidek toshlardan aziyat chekishadi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, siydik pufagidagi toshlarning vazni 100 grammga etishi mumkin, ammo bunaqa kattalikdagi tosh bo`lishi ajablagarli holat.