1

Dunyo bo`yicha koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi yana oshdi

Dunyo 23.01.2021, 13:21
Teglar: koronavirus, JSST
Dunyo bo`yicha koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi yana oshdi

Kecha, 22 yanvar kuni dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi yuqori bo`ldi, 16 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda JSST ma`lumotlariga tayanib O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 96 million 267 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 082 mingdan ziyod kishi vafot etgan.  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 624 353 yangi holati aniqlandi, 16 079 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 98 million 157 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 106 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda 24,225 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,625 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,638 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,677 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,543 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 187 919, Hindistonda 14 545, Braziliyada 64 385, Rossiyada 21 513, Buyuk Britaniyada esa 37 892 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Sharhlar

Sakkiz haftadan buyon dunyoda COVID-19 dan o`lim ko`rsatkichlari ortmoqda — JSST

25.01.2023, 11:28

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022 yilning dekabr oyidan buyon dunyoda koronavirus qurbonlari soni ortib borayotganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV matbuot...
Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
Dunyo bo`ylab kasallanishning yangi to`lqini kutilmoqda — JSST

05.01.2023, 11:00

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro`yxatga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bu...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1