AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 577 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 577 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 577 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 97 million 464 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 112 mingdan ziyod kishi vafot etgan (24.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:43 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 577 301 yangi holati aniqlandi, 13 688 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 99 million 192 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 129 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 24,604 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,654 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,753 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,719 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,617 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 190 994, Hindistonda 14 849, Braziliyada 56 552, Rossiyada 21 127, Buyuk Britaniyada esa 33 552 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar