AsosiyMadaniyat

"O`zbekkino" va Rossiya kinokompaniyasi vakili o`rtasida O`zbekiston haqida hujjatli film suratga olish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi

'"O`zbekkino" va Rossiya kinokompaniyasi vakili o`rtasida O`zbekiston haqida hujjatli film suratga olish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi'ning rasmi

22 yanvar kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Rossiyaning «Masterskaya» kinokompaniyasi bosh prodyuseri, rejissyor va ssenarist Saida Medvedeva bilan O`zbekiston haqida hujjatli film suratga olish yuzasidan videokonferensiya o`tkazildi. 

Konferensiyada Rossiya kinokompaniyasi bilan birgalikda suratga olinishi belgilangan filmning konsepsiyasi, shuningdek, rossiyalik kinoijodkorlarning mamlakatimizga tashrifi bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. 

Ta`kidlash joizki, "O`zbekkino" Milliy agentligining Rossiya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olishni rejalashtirgan filmi O`zbekiston strategiyasiga bog`liqligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Boshqa yangiliklar