Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun, seshanba kuni iste`foga chiqdi.
O`tgan hafta Konte yo`l qo`ygan ba`zi xatoliklar sabab Italiya yangi siyosiy inqirozga uchragan edi.
Konte iste`fo uchun yozgan arizasini prezident Serjio Mattarellaning qo`liga topshirdi, deyiladi rasmiy bayonotda.
Ma`lum qilinishicha, Italiya Prezidenti chorshanba kuni tushdan keyin mamlakatdagi asosiy siyosiy partiyalar rahbarlari bilan maslahatlashuvlarni boshlaydi.






