1

Navoiy viloyati va Qozog`iston o`rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi

Madaniyat 26.01.2021, 21:53
Navoiy viloyati va Qozog`iston o`rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi

Kecha, 25 yanvar kuni Qozog`iston delegasiyasi Navoiy viloyatida bo`lib, uning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tur davomida Nurota tumanidagi «Chashma» kompleksi va Qozoq xalqining buyuk kichik juz ajdodlaridan biri bo`lgan «Aytekiy Biy» ziyoratgohi, Konimex tumani «Konimex Eko Park» dam olish maskanlariga hamda Karmana tumanidagi «Mavlono Orif Deggoroniy», «Qosim-Shayx», «Mirsaid Baxrom», Qiziltepa tumanining «Tosh masjid» kabi madaniy meros ob`ektlari bo`ylab sayohat tashkil etildi.

Navoiy viloyati hokimligi hamda O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qozog`iston turizmi sohasidagi yirik vazirlik va assosiasiyalar bilan sohasidagi o`zaro aloqalarni mustahkamlash, Navoiy viloyatida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish bo`yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir doirasida Navoiy viloyatida hamda Qozog`istonda faoliyat olib borayotgan yirik sayyohlik kompaniyalari o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlariga erishilib, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida ham memorandumlar imzolandi.  

Kelishuvlardan ko`zlangan maqsad Navoiy viloyatining mavjud turizm imkoniyatlari Qozoqiston OAVda keng targ`ib etilishi, hududga sayyohlar oqimini kuchaytirish, ikki tomonlama doimiy hamkorlikni yo`lga qo`yilishi va sayohatchilarni yo`naltirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratilishi, har yili 18 mayda «Aytekiy Biy» ziyoratgohida birgalikda yuqori saviyadagi tadbir o`tkazilishi, Navoiy viloyati hamda Qozog`istonning faol yoshlari o`rtasida Navoiyda xalqaro yoshlar forumi tashkil etilishi, qozoq kinomotogroflari ishtirokida hududning tarixiy maskanlari va «Aytekiy Biy» ziyoratgohi to`g`risida xujjatli film suratga olinishi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1