1

Shoir Ogahiy haqida film yaratiladi

Madaniyat 27.01.2021, 15:02
Shoir Ogahiy haqida film yaratiladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan shoir, tarixchi va tarjimon Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy haqida hujjatli film suratga olinadi.  Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

"Ogahiy" filmi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Go`zaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov.  

Hozirgi kunda film ijodkorlari tayyorgarlik jarayonlari uchun Xorazm viloyati Xiva shahriga safar qilishgan. Ijodiy guruh ishni Ogahiy qabrini ziyorat qilishdan boshlashdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1