AsosiyDunyo

To`rt nafar O`zbekiston fuqarosi Turkiya va Suriya chegarasida "IShID" jangarilari sifatida qo`lga olindi

'To`rt nafar O`zbekiston fuqarosi Turkiya va Suriya chegarasida "IShID" jangarilari sifatida qo`lga olindi'ning rasmi

Turkiya va Suriya chegarasida "IShID" jangarilari deb taxmin qilingan 12 kishi, shu jumladan to`rt nafar O`zbekiston fuqarosi hibsga olingan. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Hibsga olinganlarning yana besh nafari Rossiya, uch nafari Qirg`iziston fuqarosi.

Qo`lga olinganlardan biri Interpol tomonidan qidirilmoqda, deya qo`shimcha qildi vazirlik. Qidiruvdagi shaxs qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi ma`lum qilinmagan.

Ma`lum qilinishicha, jangarilikda gumon qilinayotganlar Suriyadan Turkiyaga kirishga uringan. Ular 2020 yil 31 dekabrda hibsga olingan, ammo bu haqda ilgari xabar berilmagan.

    Boshqa yangiliklar