AsosiyDunyo

Kann kinofestivali may oyidan iyulga ko`chirildi

'Kann kinofestivali may oyidan iyulga ko`chirildi'ning rasmi

2021 yil 11 maydan 22 maygacha o`tishi kerak bo`lgan 74-Kann kinofestivali iyul oyiga ko`chirildi. Bu haqda kinofestivalning Twitter’dagi sahifasida ma`lum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz

Kinofestivalni 6-17 iyul kunlari o`tkazish belgilandi.

Avvalgi 73-Kann festivali pandemiya sababli dastlab keyinroqqa ko`chirilgandi. So`ngra u 27 oktyabrda 3 kunlik qisqartirilgan dastur bo`yicha o`tkazilgan. Uning dasturiga kiritilgan filmlar 2020 yil kuzida o`tgan Toronto, Dovill, Angulem, San-Sebastyan, Nyu-York, Pusan va Liondagi kinofestivallarda namoyish qilingan.

Festival direktori Terri Fremoning ma`lum qilishicha, joriy yildagi festival onlayn-formatda o`tkazilmaydi. 

Kinofestival odatga ko`ra har yil may oxirida Kanndagi Festivallar va kongresslar saroyida bo`lib o`tadi. Festival ilk bor 1946 yilda o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar