50 mamlakatda Oksford universiteti mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan BMT so`rovnomasi ishtirokchilarining 64 foizi iqlim o`zgarishini global favqulodda vaziyat deb biladi.
Bu dunyo aholisining yarmini qamrab olgan so`rovnoma. Unda 18 yoshgacha bo`lgan yarim milliondan ziyod yoshlar ovoz berolmaydi.
So`rovnomani tashkil etgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi hukumatlarga ishtirokchilarning yoshi, jinsi va ma`lumot darajasi bo`yicha ajratilgan ovoz berish tafsilotlarini taqdim etadi. Ko`pgina mamlakatlar uchun bu iqlim o`zgarishi mavzusidagi jamoatchilik fikrini birinchi batafsil o`rganishdir.
BMT 2021 yil sayyorani himoya qilish bo`yicha birgalikdagi harakatlar uchun muhim yil ekanligini ta`kidladi.
2021 yil noyabr oyida Glazgoda iqlim sammiti bo`lib o`tadi, uning ishtirokchilari muhim qarorlarni qabul qilishlari kerak.
Respondentlarga iqlim o`zgarishini favqulodda holat deb hisoblaydilarmi yo`qmi kabi savollar berildi. Bundan tashqari ushbu, oltita yo`nalishda: iqtisodiyot, energetika, transport, oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi, tabiat va aholini himoya qilish bo`yicha tadbirlarni qo`llab-quvvatlayaptimi degan savolga javob berishlari so`raldi.
Natijalarga ko`ra, ko`pchilik o`z hukumatlaridan iqlim o`zgarishiga qarshi yanada shijoatli choralar ko`rishni istashadi. Masalan, atmosferaga zararli chiqindilar miqdori bo`yicha "etakchi" o`nta mamlakatdan sakkiztasi aholisi qayta tiklanadigan energiya manbalariga o`tishni qo`llab-quvvatlamoqda.
"So`rov natijalari shuni ko`rsatadiki, yashash joyi, jinsi, yoshi va ma`lumot darajasidan qat`i nazar, aholining barcha qatlamlari tomonidan iqlim o`zgarishini yumshatish bo`yicha keng jamoatchilik ko`magi mavjud", - dedi BMT Taraqqiyot Dasturi rahbari Axim Shtayner.
Tadqiqotning statistik xatosi taxminan ikki foizni tashkil qiladi. O`rmonlarni va erlarni muhofaza qilish (54%), quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish (53%), ekologik toza qishloq xo`jaligiga o`tish (52%) va "yashil" ni yaratish bo`yicha tadbirlarga eng katta yordam ko`rsatilmoqda.