AsosiyDunyo

Bill Geyts: keyingi pandemiya hozirgi holatdan "o`n barobar" yomonroq bo`lishi mumkin

'Bill Geyts: keyingi pandemiya hozirgi holatdan "o`n barobar" yomonroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyo keyingi pandemiyaga tayyor emas va bu ikki yil ichida o`zgarishi mumkin deb hisoblaydi. U bu fikrini chorshanba kuni Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida bildirdi.

"Biz keyingi pandemiyaga tayyor emasmiz. Umid qilamanki, ikki yildan keyin boshqacha bo`ladi. Vaksinalar, testlar, dori-darmonlar, epidemiologiya, monitoring - hali ko`p ish qilish kerak. Bu pandemiya dahshatli, ammo keyingisi o`nlab marta yomonroq bo`lishi mumkin ",– dedi Geyts.

Uning ta`kidlashicha, "boy dunyoda" logistika tizimi kutilganidan murakkabroq bo`lib chiqdi.

"Eng yaxshi holatda, hayotni normalizasiya qilish uchun butun bir yil kerak bo`ladi", dedi u.

Ma`lumot o`rnida Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda xayriya fondini boshqaradi. Tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlariga rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli kasalliklarga qarshi kurash, Qo`shma Shtatlarda sog`liqni saqlash va ta`lim sohasidagi dasturlar kiradi. Jamg`arma orqali yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish va pandemiyaga eng zaif bo`lgan kambag`allarni qo`llab-quvvatlash uchun yuz millionlab dollar mablag` ajratilgan.

Boshqa yangiliklar