Ukraina Rossiyaning COVID-19'ga qarshi "Sputnik V" vaksinasini ro`yxatdan o`tkazmaydi. Bu haqda Ukraina sog`liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma`lum qildi.
Uning aytishicha «qaysidir siyosiy kuch Rossiya vaksinasini ro`yxatdan o`tkazish masalasida qandaydir vasvasa keltirib chiqargan». Shunga qaramay, Kiev «Sputnik V»ni ro`yxatdan o`tkazmaydi.
Shuningdek, vazir siyosatchilarning COVID-19'ga qarshi emlash kampaniyasining buzilishi bilan bog`liq bayonotlarini tinglamaslikka chaqirdi. Unga ko`ra, Ukrainada emlash kampaniyasining birinchi bosqichida 367,5 ming kishini emlash ko`zda tutilgan.
"Birinchi bosqichda biz virusni yuqtirish xavfi yuqori bo`lganlarni va koronavirus kasalligiga qarshi kurashishda jonbozlik ko`rsatayotgan fuqarolarni vakqina qilamiz. Birinchi bosqichda 367 491 kishi emlanadi. ", dedi u. ...






