«Bavariya» yarimhimoyachilari Leon Goretska va Xavi Martines koronavirusga chalindi. Bu haqda "Sport-express" nashri xabar bermoqda.
«Afsuski, Xavi va Leon topshirgan testlarning javobi musbat bo`ldi. Hozir ular karantinda» — deydi myunxenliklar ustozi Hans-Diter Flik.
"Bavariya" Bundesligada 18 uchrashuvda 42 ochko to`plagan holda birinchi o`rinda turibdi.
25 yoshli germaniyalik Goretska ushbu mavsumda 20ta o`yin o`tkazdi, 5ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
32 yoshli ispaniyalik Martines 18ta o`yinda 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.






