AsosiySport

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash fakulteti ochildi

'O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash fakulteti ochildi'ning rasmi

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida endilikda fakultetlar soni 5 tadan 7 taga etdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi. 

Xususan, bakalavriat bosqichida Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sog`lomlantirish hamda Kurash fakultetlari tashkil etildi. Shu bilan birga, Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti Sportni boshqarish va turizm fakulteti deb qayta nomlandi.

Hozirgacha universitetda Sport o`yinlari, Yakkakurash sport turlari, Ko`pkurash sport turlari, Sportni boshqarish va kasbiy fanlar hamda Futbol va qishki sport turlari fakultetlari mavjud edi.  

    Boshqa yangiliklar