AsosiyDunyo

Xitoyda tarqalgan Nipah virusi yangi pandemiyaga sabab bo`lishi mumkin. Unga chalinganlarning 75 foizi o`ladi

'Xitoyda tarqalgan Nipah virusi yangi pandemiyaga sabab bo`lishi mumkin. Unga chalinganlarning 75 foizi o`ladi'ning rasmi

Butun dunyo COVID-19 bilan ovora bo`lib turgan hozirgi davrda Xitoyda Nipah nomli virus tarqala boshladi. Ushbu virus dunyoga navbatdagi pandemiyani olib kelishi mumkinligini aytilmoqda. Hozirda uning o`lim darajasi 75 foizgacha baholanmoqda. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

«Nipah virusi – bu yangi paydo bo`lgan yuqumli kasallik bo`lib,  u katta tashvish tug`diradi.  Nipah xohlagan paytda keng tarqalib ketishi mumkin. Ushbu virus dori-darmonlarga chidamli bo`lishi mumkin” deydi Gollandiyada joylashgan Tibbiyot fondi ijrochi direktori Jayasree K Ier.

Nipah kamyob viruslardan bo`lib, u mevalar bilan oziqlanadigan ko`rshapalaklar orqali tarqaladi. Unga chalingan odamlarda grippga o`xshash alomatlar seziladi yoki bemorlarning miyasiga zarar etishi mumkin.

JSST bergan ma`lumotlarga ko`ra,  Nipah ensefalit (miyadagi jiddiy kasallik) yoki miyaning yallig`lanishiga olib kelishi mumkin.

2018 yilda Hindistonning janubiy shtati Keralada ham Nipah virusi tarqalgan va o`shanda 17 kishi mazkur kasallik sabab hayotdan ko`z yumgandi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlar Keraladan muzlatilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishni vaqtincha taqiqlashdi.

O`sha paytda sog`liqni saqlash rasmiylari Bangladesh va Hindistondagi Nipah epidemiyasiga odamlarning xurmo sharbati ichishganini sabab qilib ko`rsatgandi.

    Boshqa yangiliklar