Kecha, 30 yanvar kuni Rossiyaning Tver viloyati Kalinin tumanida qurilishda ishlovchi O`zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo`ldi. Bu haqda qalampir.uz tver.kp.ru saytiga tayanib xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 23 yoshli o`zbekistonlik quruvchi 7-qavatdan tushib ketgan. Natijada og`ir jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan.
Kalinin tumanlararo tergov bo`linmasi uning o`limi bo`yicha tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
Hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qurilish maydonida bo`lgan odamlar so`roq qilingan va kuzatuv kameralaridagi yozuvlar olingan.
Qayd etilishicha, o`rganish natijalariga ko`ra, prosessual qaror qabul qilinadi.






