euroasia.me saytining ma`lum qilishicha, 2020 yilda 23 ming o`zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu o`tgan yilda rossiyalikka aylanganlarning 3,5 foiziga teng, deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, o`tgan yili jami 650 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan va bu mutlaq rekord ko`rsatkichga etgan. Bundan avval faqatgina 2005 yilda yarim milliondan ortiq odam rossiyalik bo`lgan.
Yangi fuqarolarning asosiy qismi Ukraina (62, 4 foiz yoki 409,5 ming), Tojikiston (9,7 foiz yoki 63,4 ming) va Qozog`iston (6,6foiz yoki 43,4 ming) dan kelgan.
Bundan tashqari, 203 nafar germaniyalik, 148 nafar amerikalik, 32 nafar britaniyalik, 19 nafar kanadalik, 7 nafar shveysariyalik va bir yapon Rossiya fuqaroligini olgan.
Qayd etilishicha, “yangi rossiyalik”larning ko`payishiga migrasiya siyosatining yumshatilishi ham sabab bo`lyapti.






