AsosiyJamiyat

Fanlardan o`z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo`shimcha mablag` to`laydi

'Fanlardan o`z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo`shimcha mablag` to`laydi'ning rasmi

AOKAdagi matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xolikov Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini kredit-model tizimi haqida ma`lumot berdi. 

«Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini kredit-model tizimida tashkil etish ishlari 2020-21-o`quv yilidan joriy etib kelinyapti.

Asosiy o`zgarishlar – ilgari o`quv haftalari 38-40 hafta atrofida bo`lardi. Kredit-model tizimi joriy etilgach, bu muddat 36 haftaga tushdi. Soddaroq qilib aytganda, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi.

Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan bo`lsa, uning ikki haftasi talabalar uchun o`zlashtirilmagan fanlarini o`zlashtirishga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda o`qituvchilarni tanlashga sarflanadi.

Yana bir muhim jihati — uchinchi, yozgi semestr ham qo`shilgan. Bu — ta`til davriga to`g`ri keladi va talabalarning arizasiga ko`ra, fanlardan baho olmaganlar uchun tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qo`shimcha mablag`ni amalga oshiradi. 

Hozircha bu tizim bo`yicha savollar bo`lyapti, ammo uch yildan so`ng barcha bu tizimga to`liq moslashadi», — dedi Xoliqov.

Boshqa yangiliklar